Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident asarlari bilimdonlari
15:59 / 2014-12-15

Namanganda umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Prezident asarlarini o‘rganamiz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Namanganda umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Prezident asarlarini o‘rganamiz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan tanlovda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy va puxta bilim olishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘zlari qiziqqan sohada iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar navqiron avlodning ongu tafakkuri, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur tanlov ham o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashda, ularning manfaatlar ustuvor bo‘lgan bugungi globallashuv davrida aniq fuqarolik pozitsiyasi, maqsad va intilishlarini belgilab olishida samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida saralangan 60 nafardan ziyod o‘quvchi Prezident asarlari bo‘yicha insho yozish, mavzuga oid test savollariga javob berish, mustaqillik va Vatan mavzusidagi she’r va monologlarni yoddan ifodali o‘qish kabi ko‘plab shartlar yuzasidan o‘z bilimini namoyish etdi.

Birinchi o‘rinni egallagan Namangan shahridagi 58-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shohruza Rahimova tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.