Yangi yil bayrami munosabati bilan elimizga xos yuksak insonparvarlik, mehru oqibat ifodasi sifatida hududlarda an’anaviy ravishda topshirib kelinayotgan Prezident sovg‘alari namanganlik bolajonlarga bir olam shodlik ulashmoqda.
Viloyat musiqali drama teatrida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan “Prezident archasi” bayram tantanasi bolajonlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi.
[gallery-15271]
Bayram tadbiriga oilaviy bolalar uylari, ota-ona qarovisiz qolgan chin yetim bolalar, Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining farzandlari, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning dilbandlari taklif etildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi. Davlat va jamoatchilik vakillari ishtirokida 3-15 yoshli 300 nafar o‘g‘il-qizning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, shu kunning o‘zida ixtisoslashtirilgan “Bolalar uyi”ning 23 nafar tarbiyalanuvchisiga ham “Prezident sovg‘asi” yetkazildi. Bundan tashqari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 26 nafar o‘g‘il-qizga zamonaviy planshetlar hadya qilindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-HQ9PSKdIlc" title="“Prezident archasi” tadbiri bolajonlarga zavq ulashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
– Dadam Abdurashid Umrzoqov ichki ishlar organlarida jonbozlik bilan xizmat qilganlar. Bundan o‘n yil oldin burchlarini o‘tayotganlarida jinoyatchilarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lganlar. Biz Vatan uchun jonini fido qilgan mard otamiz borligidan faxrlanamiz, - deydi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchisi Abdujabbor Abduxalilov. – Davlatimiz bizdek oilalarga doimo e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotganidan xursandmiz. “Prezident archasi”ga taklif etishdi, unda Yurtboshimiz bizga yuborgan o‘quv qurollari, soat, turfa shirinliklar va kitoblardan iborat Yangi yil sovg‘alarini oldik. Bundan dilimiz quvonchga to‘ldi.
Viloyat teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “O‘rmon ertagi” nomli spektakl, undagi qahramonlarning sarguzashtlari hamda raqs guruhlarining betakror chiqishlari kichkintoylarga zavqli onlarni ulashdi.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA muxbirlari