Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan “Prezident archasi” tadbiri bolajonlarga quvonch bag‘ishladi.
Unda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, Vatanimiz tinchlik-osoyishtaligini saqlash yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt fidoyilarining 260 nafardan oshiq farzandi ishtirok etdi. Ularning tadbirga kelib-ketishida hududlardagi “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar va bolalar psixologlari yaqindan ko‘maklashdi.
[gallery-21043]
Tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etib, jajji bolajonlarni bayram bilan qutlab, Prezidentimizning kelajagimiz egalariga ko‘rsatayotgan mehr-e’tibori va g‘amxo‘rliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bolalarga davlatimiz rahbarining Yangi yil bayrami tabrigi, turli xil shirinliklar, o‘quv qurollarini ichiga olgan Prezident sovg‘alari topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1qHjVi5cCNQ" title=""Prezident archasi" bolalarga quvonch baxsh etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA