Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident archasi” bolajonlarga unutilmas zavq ulashdi
15:56 / 2022-12-29

Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan an’anaviy “Prezident archasi” bayram tadbiri ko‘ngli o‘ksik bolajonlarga olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. Shu bois ham ular har yili ushbu bayramni orziqib, hayajon bilan kutishadi.

Bu yil Samarqand viloyatidagi 779 nafar mehrga muhtoj bolaga Prezidentimizning bayram sovg‘alari keltirildi. Ushbu sovg‘alar joylarda tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tantanali ravishda topshirildi.

Jumladan, Samarqand shahrida tashkil etilgan tadbirga 206 nafar chin yetimlar, “SOS” bolalar mahallasida yashovchilar, vasiylik va homiylikka olingan bolalar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan bolalar taklif etildi.

[gallery-10117]

Ularni Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Yangi yil bilan tabrikladi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari, boshqarmalar rahbarlari bolajonlarga “Prezident sovg‘alarini” tantanali topshirdi.

– Prezidentimizning bizga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlaridan iborat bayram sovg‘asi men kabi, barchani xursand qildi, – deydi Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Islombek Erkinov. – “Prezident archasi” bayram tomoshalari ham yaxshi tashkil qilingan. Bu yilgi bayram unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Endi a’lo baholarga o‘qib, mehr va e’tirobga munosib bo‘lamiz.

Tadbir davomida bolajonlar uchun ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etilgan “Prezident archasi” teatrlashtirilgan bayram tomoshasi uyushtirildi.

 

G‘. Hasanov,

A. Isroilov (surat), O‘zA