Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident: 2026 yilda xizmatlar bozori 100 milliard dollardan oshiriladi
12:33 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis ob’ektlari ishga tushiriladi. Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bundan tashqari, 2026 yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanadi.

Madaniy meros ob’ektlarida xususiy sheriklik asosida “butik mehmonxona” tashkil qilish uchun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona to‘lovidan imtiyoz beriladi.  

Mana shu ishlar hisobiga 2026 yilda xizmatlar bozori 100 milliard dollardan oshiriladi.  

O‘zA