Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Press-tur: Qorao‘zak tumanida aholiga qanday xizmat ko‘rsatilmoqda?
15:45 / 2022-03-10

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Qorao‘zak tumani Davlat xizmatlari markazi va tuman FHDYO bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga 2021 yil davomida 864 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilib, 12855 tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

[gallery-6082]

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida olis hududlarga “Mobil davlat xizmatlari” yo‘lga qo‘yildi, shu davr mobaynida jami 58 mingdan ortiq sayyor xizmat ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida To‘rtkul tumanidagi Yonboshqal’a, Ellikqal’a tumanidagi Sarabiy, Beruniy tumanidagi Abay ovuli va Mo‘ynoq tumanidagi Qozoqdaryo ovul fuqarolar yig‘inlari hududlarida, 2021 yil aprel oyida Shumanoy tumanidagi Qarabayli mahalla fuqarolar yig‘ini hamda avgust oyida Amudaryo tumanidagi Xitoy ovul fuqarolar yig‘ini hududlarida Davlat xizmatlari markazlarining filiali tashkillashtirildi.

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Jasliq” hamda “Qoraqalpog‘iston” shaharcha fuqarolar yig‘inlarida Davlat xizmatlari markazlarining filiallari tomonidan 26 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi.

bugungi kunga qadar Amudaryo, Beruniy, Mo‘ynoq, Chimboy, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Shumanoy, Qorao‘zak va Xo‘jayli tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Kegayli, Nukus va Taxiatosh tumanlari binolarida qurilish ishlari boshlanib, joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Agentlik boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari tomonidan o‘tgan yil davomida qonunbuzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlarga 14 taklif kiritilib, 124 nafar shaxs ogohlantirildi, vakolatli organlarning 225 nafar mansabdor va mas’ul xodimlariga ma’muriy hukuqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, 24 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.

2021 yil davomida FHDYO organlari tomonidan jami 40352 ta tug‘ilish, 3966 ta otalikni belgilash, 482 ta farzandlikka olish, shu bilan birga, 15745 nikoh va 1485 nikohdan ajralish, 9625 o‘lim holati qayd qilingan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xodimlar bilan profilaktik tadbirlarning olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 66 marotaba «Sirli mijoz» va reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari Qorao‘zak tumani Davlat xizmatlari markazi va tuman FHDYO bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA