French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Press-tur: "Hududiy elektr tarmoqlari" tizimidagi podstansiyalar ta’mirlanmoqda
16:16 / 2022-05-29

“Sirdaryo HETK”(hududiy elektr tarmoqlari korxonasi) AJ tomonidan Boyovut tumanida joylashgan 110/35/10 kV "Doston" podstansiyasining mukammal qayta ta’mirdan keyingi ochilish marosimi va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan joriy yilda tegishli manzilli dastur asosida respublika miqyosidagi 35/110 kV kuchlanishli nimstansiyalarning umumiy, xususan, ularning texnik hujjatlarini tartibga solish, nimstansiyalarda ASKUE tizimi joriy etilganligi holatini o‘rganish, raqamlashtirish jarayonlari, nimstansiya xizmatidagi xodimlar ishini tashkil qilish, elektr uskuna va binolarini mukammal, joriy ta’mirlash, atrof-hududini obodonlashtirish hamda boshqa amaliy ishlarni hal etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilingan edi.

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan 25 kun davom etgan ish jarayonlarida “Doston” nimstansiyasi yangicha ko‘rinish kasb etdi.

– Ushbu podstansiya hududini obodonlashtirish, elektr uskuna va binolarning estetik holati yangilandi, – deydi "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Sirdaryo viloyati boshqaruv raisi Bahodir Haydarov. – Rele himoyasi va avtomatika qurilmalari to‘liq navbatdan tashqari tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi. Shuningdek, eskirgan himoya qurilmalari sezuvchanligi yuqori bo‘lgan himoya qurilmalariga almashtirildi. Kelgusida bu ishlar viloyatning shahar va tumanlaridagi yana 11ta podstansiyada ham amalga oshiriladi.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA