Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PRESS-TUR: Botanika bogʻi abituriyentlarni qabul qilishga tayyor
14:05 / 2020-08-25

Bu yil testlar yopiq binolarda emas, balki maydonlar, stadionlar, xiyobonlarda boʻlishi maʼlum qilingan.


Bu yil pandemiya koʻp rejalarni oʻzgartirib yubordi. Hatto yozni hayajon bilan kutadigan abituriyentlar ayni kunlarda kuzda boshlanadigan imtihonlarga tayyorlanmoqda.

Bu yil testlar yopiq binolarda emas, balki maydonlar, stadionlar, xiyobonlarda boʻlishi maʼlum qilingan.

Poytaxtda bu jarayonga tayyorgarlik qanday ketmoqda? Obyektlar tayyormi? Amaliy ish jarayonini koʻrsatish, ishlar bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Press-tur doirasida jurnalistlar Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur bogʻ poytaxtimizning soʻlim, manzarali joylaridan biri. Bu yil Botanika bogʻi abituriyentlarning hayajoniga guvoh boʻladi.

Ushbu maskanda ikkita joy tayyorlangan, bitta kirish joyiga ega, 24 guruh uchun 48 nazoratchi ishga jalb etilgan. Ikkita bino rahbari boʻladi. Oʻsha kuni 30 ta umumiy kamera ishlab turadi.

65,5 gektar maydonga ega bogʻning ikkita joyi qisman yopiq va yana bitta joydagi oʻrindiqlar yoʻlak boʻylab joylangan. Umumiy hisobda bir smenada 720 abituriyent test topshira oladi.

Davlat test markazi bosh mutaxassisi Gʻayrat Boboyevning qayd etishicha, bogʻning yoʻlagidagi 300 kishilik joyda, agar ob-havo noqulay boʻlsa, imtihonlar boshqa kunga koʻchiriladi.

photo_2020-08-25_13-52-58.jpg

photo_2020-08-25_13-53-00.jpg

photo_2020-08-25_13-53-02.jpg