Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Premier Hall» kinoteatriing yangi dizayni "Kokilli qiz" pannosiga mos yaratiladi
13:15 / 2021-06-21

Poytaxtimizdagi «Premier Hall» kinoteatri joriy yilda bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalida muhim manzillardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu sababli, Kinematografiya agentligi ijarachilar bilan kelishgan holda binoning tashqi qiyofasini yangilashga qaror qildi.  

 Ta’mirlash ishlari paytida binoning yuzasida eski panno topildi. Shundan so‘ng Kinematografiya agentligi tomonidan ekspertlar taklif qilinib, ushbu topilma o‘rganildi.  

 Panno Alfred Mazitovning qalamiga mansub "Kokilli qiz" mozaikasi ekanligini ekspertlar tasdiqladi. Rassomlar uyushmasi raisi Akmal Nur va ekspertlar pannoni restavratsiya qilish imkoni mavjudligini ma’lum qildi.  

 Shundan kelib chiqib, ushbu freskani saqlab qolib, binoning yangi dizaynini aynan "Kokilli qiz"dan kelib chiqib yaratish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi. Hozirda binoning ijarachilari va quruvchilar bilan qayta muzokalar o‘tkazib, ularga yangi dizayn bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

 Aytib o‘tish joizki, binoning dizayni umuman boshqacha bo‘lishi va topilgan panno o‘rnida filmlar anonslari uchun ekran o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi. Endilikda aynan "Kokilli qiz" binoning yangi dizaynini belgilab beradi.  

 Shuningdek, ushbu o‘zgarishlardan so‘ng binoning hozirgi “Premier Hall” nomi qanchalik mos bo‘lishi bo‘yicha savollar tug‘ilmoqda. Shu sababdan shahar aholisidan takliflarni kutib qolamiz. O‘tgan hafta davomida ijtimoiy tarmoqlarda "Kokilli qiz" pannosi atrofida bo‘lgan fikrlarni kuzatdik. San’at asariga befarq bo‘lmagan, uni saqlab qolish bo‘yicha murojaat yo‘llagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.  

 

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati