Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Praga turniri: Nodirbek Abdusattorov hindistonlik shaxmatchi bilan kurashga kirishadi
12:21 / 2024-03-04

Bugun, 4-mart kuni Praga shahrida davom etayotgan "Prague International Chess Festival" turnirining 6-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxaa bilan kuch sinashadi.

Mazkur nufuzli musobaqada Abdusattorov 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Rameshbabu 5 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda. 

Eng kuchli shaxmatchilarning10 nafari ishtirok etayotgan mazkur xalqaro turnirning 6-turida shuningdek, quyidagi juftliklar ro‘baro‘ kelmoqda: 

David Navarra (Chexiya) — Richard Rapport (Ruminiya) 

Tayi Dai Van Nguyen (Chexiya) — Parham Magsudlu (Eron) 

Vidit Santosh Gujrati (Hindiston) — Vinsent Keymer (Germaniya) 

Dommaraju Gukesh (Hindiston) — Mateuj Bartel (Polsha) 

Musobaqalar 7-martga qadar davom etadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA