Poytaxtning koʻchirilishiga oʻn yil ketishi mumkin
Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo mamlakat poytaxti boshqa shaharga koʻchirilishini maʼlum qildi.
Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo mamlakat poytaxti boshqa shaharga koʻchirilishini maʼlum qildi.
Jakarta oʻz maqomini mamlakatdagi Palankaraya, Tanax Bumbu va Penadjam shaharlaridan biriga berishi mumkin.
Mahalliy Kompas portali maʼlumotiga koʻra, Vidodoning fikricha, poytaxt bir vaqtning oʻzida iqtisodiy va siyosiy markaz boʻlishi kerak. Jakarta bu talabga javob bermay qolgan.
Hukumatdagilarning aytishicha, uch shahardan biriga poytaxtning koʻchirilishiga oʻn yil ketishi mumkin.