Poytaxtning eng kuchli gimnastikachilari aniqlandi
Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 6 ta sport maktabidan 50 nafar gimnastikachi ishtirok etdi.
Chempionatning yakkalik mashqlar ko‘pkurash dasturida Sabina Kagirova oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Anora Mamadjonova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni Yasmina Zufarova yakunlab berdi.
Guruh mashqlari ko‘pkurash dasturida Kamilla Astanova, Ornella Bikmayeva, Zamira Xvalcheva, Sofiya Po‘latova, Farida Abdulova hamda Alisiya Galati kabi mahoratli gimnastikachilarda iborat O‘zbekiston terma jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda IRBO‘OZSM va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi 2-3 o‘rindan joy oldi.
Javohir Tosho‘jayev, O‘zA