Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtning Chilonzor tumani o‘zgarishlar og‘ushida
14:52 / 2023-07-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrining Chilonzor tumani "Beshqo‘rg‘on" va "Tirsakobod" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 320 gektar maydonda 30 yil muddatga kichik sanoat zonasi maqomidagi "Industrial hudud" tashkil etiladi. 

"Industrial hudud"da: 

yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish; 

tadbirkorlik sub’ektlari va xorijiy investorlar o‘rtasida mustahkam sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish;

xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish; 

transport, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish orqali tadbirkorlik sub’ektlari loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; 

korxonalarda "amaliy monomarkazlar"ni tashkil qilish orqali tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 31 dekabrga qadar "Industrial hudud"ning master rejasi va rivojlantirish strategiyasi xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqdan o‘tadi.

"Industrial hudud" faoliyatini tezkor boshqarish, shuningdek, unda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish uchun Chilonzor tumani hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida boshqarish direksiyasi tashkil etiladi.

2023-2025 yillarda Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li va Bunyodkor shoh ko‘chasi hamda Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida joylashgan "Bunyodkor" stadioni avtoturargohining jami 5,5 gektar yer uchastkasida qiymati kamida 200 million AQSH dollari bo‘lgan mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ko‘p kvartirali uylar va ko‘p qavatli avtoturargohni o‘z ichiga olgan zamonaviy ishbilarmonlik markazi quriladi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Diyor mahallasidagi Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji binosining bo‘sh turgan maydonlari yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish maqsadida "amaliy monomarkaz" tashkil qilish uchun ijara stavkasining minimal miqdori bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga tanlov asosida ijaraga beriladi. 

 

O‘zA