French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtliklar otlar paradidan zavq oldi
12:42 / 2018-10-02

Poytaxtimizning Amir Temur xiyobonida 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan otliqlar paradi oʻtkazildi.


Poytaxtimizning Amir Temur xiyobonida 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan otliqlar paradi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi otliq eskadroni, Ichki ishlar vazirligi otliq bataloni hamda mamlakatimiz yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan paradda ingliz, nemis, qirgʻiz, qorabayir va friz zotlariga mansub otlar bilan 100 dan ortiq chavandoz saf tortdi.

– Katta farzandim Abubakr yetti yoshda boʻlishiga qaramasdan chavandozlikka qiziqadi. Bugun oʻgʻlim turli zotdor otlarni koʻrib juda quvondi, – deydi Inomjon Mahmudov. – Bunday paradlar doimo elimizga katta zavq bagʻishlaydi. Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur parad qalbimizdan oʻchmas iz qoldirdi.