Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtlik yosh kurashchilar g‘olib
19:10 / 2015-10-14

Andijonda yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Andijonda yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 500 dan ziyod yosh kurashchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida eng ko‘p ochko jamg‘argan Toshkent shahri jamoasi polvonlari umumjamoa hisobida birinchi, Andijon viloyati kurashchilari ikkinchi, Buxoro va Farg‘ona viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi, Andijon viloyati jamoasi ikkinchi, Namangan viloyati kurashchilari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.