Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtlik velotrekchilar 47 ta medal bilan mamlakat kubogida g‘olib bo‘ldi 
10:46 / 2024-10-02

Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi - 2024” musobaqasi yakunlandi.

Musobaqaning so‘nggi kunida uch aylanadan iborat jamoaviy sprint poygasida Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishning qizlar bahsida Jizzax jamoasi marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. 70 aylana davom etgan yigitlar o‘rtasidagi medison guruh poygasida Alimardon Jamoldinov va Behzodbek Nurmatov g‘olib bo‘ldi. Qizlar esa medison guruh poygasida 50 aylanada kuch sinashdi va unda Samira Ismoilova ham Yana Mishinova oltin medal bilan taqdirlandi. 

Shu tariqa, mamlakat kubogida poytaxt jamoasi turli yo‘nalishlardagi bahslarda jami 18 ta oltin, 12 ta kumush, 17 ta bronza jami 47 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Samarqand viloyati jamoasi esa 11 tadan oltin va kumushga ega chiqib, ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Jizzax viloyati velotrekchilari 5 ta oltin, 11 tadan kumush hamda bronza medaliga ega chiqqan holda kuchli uchlikdan joy oldi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA