Poytaxtimizning eng kuchli chavandozlari aniqlandi
Poytaxtimizda ot sportining to‘siqlardan sakrash bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 60 dan ortiq chavandozlar uchta yo‘nalish bo‘yicha medallar uchun bahslashdi. “C” toifasida 100-110 sm balandlikka sakrashda Javohir Dilxushev birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, "Ye" toifasida 110 sm to‘siqdan o‘tish bahsida Izzatullo Abdug‘afforov, “D” toifasida 120-125 smda Sergey Antanovich oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri