Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizning doimiy aholisi 3 millionga yaqinlashdi
16:11 / 2023-08-10

Poytaxtimizda aholi uzluksiz ravishda o‘smoqda. Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 1 iyul holatiga poytaxtimizda doimiy aholi soni 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda.

Shundan, erkaklar soni – 1 million 471 ming 700 nafarni, ayollar soni 1 million 527 ming 800 nafarni tashkil etmoqda.  

Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 1 iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming nafarni tashkil etdi. Eng kam aholi esa Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.  

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishida, Olmazor tumanida – 395 ming nafar, Yunusobod tumanida – 366,9 ming, Shayxontohur tumanida – 360,5 ming, Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming, Uchtepa tumanida – 293,5 ming, Yashnobod tumanida – 289,4 ming, Chilonzor tumanida – 271,9 ming, Yangihayot tumanida – 161 ming, Mirobod tumanida – 150,1 ming, Sergeli tumanida – 162,3  ming, Yakkasaroy tumanida –126,9 ming hamda Bektemir tumanida – 55,7 ming nafar kishiga to‘g‘ri keladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA