Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
17:06 / 2017-09-13

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Toshkent shahar prokuraturasi, bandlik bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada 450 dan ortiq korxona va tashkilot 8 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Toshkent shahar prokuraturasi, bandlik bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada 450 dan ortiq korxona va tashkilot 8 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Shuningdek, poytaxtimizdagi tijorat banklarining 60 dan ziyod filiali tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tayyorlangan sodda va qulay biznes rejalari hamda imtiyozli kredit paketlarini taqdim etdi.

Mehnat yarmarkasining ochilishida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

Yarmarkaga mutasaddi tashkilotlar vakillari, Toshkent shahridagi mahallalarda yashovchi ish bilan ta’minlanmagan fuqarolar, oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari taklif etildi. Ikki kun davom etgan yarmarkada ular korxona va tashkilotlar faoliyati, o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rni, yaratilgan sharoitlar, ish haqi haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi.

– Yarmarkada qatnashib, taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlarini tanlashga kelganda shoshib qoldim, – deydi Sergeli yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Farangiz Yaxshiyeva. – Hisobchilik yo‘nalishida o‘qiganligim sababli bank sohasini tanladim. Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga o‘qib, bilim olishimiz, kasb-hunar egallashimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu esa o‘z intellektual va ijodiy salohiyatimizni namoyon etishimizga ko‘mak beradi, bor kuch-g‘ayratimiz bilan Vatan ravnaqiga hissa qo‘shib yashashga undaydi.

Yarmarkada yoshlar, vaqtincha ishsiz fuqarolar Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi va tuman markazlarining mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.