Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizdagi suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlarga izoh berildi
18:10 / 2021-05-26

Ayni paytda poytaxtimizning 5 ta tumanidagi ayrim hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab turibdi.

«O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmatidan ma’lum qilishicha, poytaxtni suv bilan ta’minlovchi katta hajmdagi suv quvurlarida ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni har yilgiga nisbatan keng qamrovli bo‘lib, katta hajmli qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, yopqichlar va yong‘in xavfsizligi texnikalari uchun xizmat qiluvchi maxsus jo‘mraklar va boshqa vositalarning yangilanishi bilan birga, eskirgan yirik hajmdagi suv quvurlari ham almashtirilmoqda.

Bunday ta’mirlash ishlari avvaldan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda iste’molchilar ham oldindan ogohlantirilgan.

Aholi punktlariga maxsus texnikalarda suv yetkazilmoqda, deyiladi jamiyat axborot xizmati xabarida.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA