Saylov – 2021
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 19-saylov uchastkasida 1683 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Tushgacha shulardan deyarli 50 foizi o‘z ovozlarini berib bo‘lishgan. 11 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan.
Saylov uchastkasi raisi Davlat Himmatovning ta’kidlashicha jarayonlarni kuzatishgan xalqaro kuzatuvchilar ham saylovchilarning faol ishtirok etayotganliklarini e’tirof etishgan. Ayniqsa, saylov uchastkasida yoshlarning faolligini sezish mumkin.
<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/RvSMlKrX9Qg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>***
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 20-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari kun davomida qizg‘in davom etmoqda. Saylov uchastkasi raisi Alisher Tillayevning ta’kidlashicha, ushbu saylov uchastkasiga ko‘plab xorijiy kuzatuvchilar ham tashrif buyurib saylov jarayonlarining borishini kuzatishgan.
<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/2xDTSTZMtsE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>***
Poytaxtimizdagi 23-saylov uchastkasida 2389 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Shulardan 21 nafari muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanib o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishgan. Birinchi marta ovoz berayotganlar soni 26 nafarni tashkil qiladi.
Ushbu saylov uchastkasida kunning yarmigacha ro‘yxatga olingan saylovchilarning deyarli 60 foizi o‘zlari xohlagan nomzodlarga ovoz berishgan. Saylov jarayonlari davom etmoqda.
<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/lZpdqXG_7ig" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>***
Yurtimizda saylov jarayonlari davom etmoqda. Saylov uchastkalarida ovoz beruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tayotgan ushbu muhim jarayonlarni xorijiy ekspertlar ham kuzatib borishmoqda.
– Bu yilgi saylovlarimiz yangi saylov kodeksi bo‘yicha bo‘lib o‘tayapti. Toshkent shahrida migratsion jarayonlar ko‘p, masalan talabalarimiz bu yilgi Prezident saylovlarida poytaxtimizda turib ishtirok etayapti. Chunki, ilgari saylovlarimiz dekabr oyida bo‘lib o‘tardi va talabalarimiz o‘z uyida ovoz berardi. Bu saylov oktyabr oyida o‘tayotganligi sababli shu yerdan ya’ni hozir yashab turgan joyidan ovoz berishayapti. Viloyatlardan kelib Toshkent shahrida ishlayotganlarni ham ro‘yxatga olganmiz. Ular ham o‘z ovozlarini Toshkent shahrida turib berishayapti, – deydi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 14-okrug saylov komissiyasi raisi Odil Abdurahmonov.
Ovoz berish jarayonlari soat 20:00 gacha davom etadi va undan keyin barcha saylov uchastkalarida yig‘ilgan ovozlarni umumlashtirish uchun uchastka vakillari okrug saylov komissiyasiga dalolatnoma bilan tashrif buyuradilar.
<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/8i5OpcMUGts" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>16:13Yoqubjon Meliboyev(video), O‘zA