Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda yirik sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda (+video)
19:33 / 2025-05-21

21-23 may kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Plast Central Asia” va “Mould Central Asia” Markaziy Osiyoning yirik ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi. Bir maydonda dunyoning 100 dan ortiq yetakchi ishlab chiqaruvchilari, nufuzli kompaniyalari va brendlari jam bo‘lishdi.

Xitoy, Turkiya, Rossiya, Germaniya kabi davlatlarningo‘nlab kompaniyalari xomashyo, quyish uskunalari, qolip tizimlari va avtomatlashtirilgan texnologiyalari namoyish etilmoqda. Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha ushbu ko‘rgazma shunchaki namoyish emas, balki butun mintaqada sanoat taraqqiyotini tezlashtiruvchi muhim platformadir. Unda xalqaro ekspertlarning taqdimotlari, yuzma-yuz uchrashuvlar va yangi loyihalarning namoyishi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishlariga, foydali shartnomalar tuzishlari va yurtimizda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni bilib olishlariga xizmat qiladi. 

Ushbu ko‘rgazma mintaqada ulgurji savdo, logistika va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Namoyishlardan mahalliy va xorijiy maishiy texnikalar, idish-tovoq, to‘qimachilik mahsulotlari, kosmetika, uy va oshxona jihozlari, ularni ishlab chiqaruvchi texnologiyalar o‘rin olgan. 

Bir so‘z bilan aytganda ushbu ko‘rgazma plastik buyumlarni ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklarni, dunyo bozoridagi talab va taklifni, eksport va logistika xizmatlarini birlashtirib, tovar yetkazib beruvchilar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YSmsIyTSYB4" title="Poytaxtimizda yirik sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov, O‘zA