French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda yana bir nufuzli xalqaro anjuman boshlandi
10:10 / 2024-05-14

Hozirgina Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi boshlandi.

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 3-4 mart kunlari Toshkentda tashkil etilgan yuqori darajadagi “BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi” xalqaro konferensiyasida mazkur mintaqaviy ekspertlar Kengashini tuzish taklifini ilgari surgan edi.

Xalqaro sheriklar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlangan ushbu tashabbus nisbatan qisqa vaqtda o‘z amaliy ifodasini topdi. Ayni jarayonning uzviy davomi sifatida tashkil etilgan nufuzli anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YeXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari, shuningdek ayni yo‘nalishga ixtisoslashgan mutaxassislar ishtirok etyapti.

Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari –Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov qurolli mojaro hududlaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalasi xalqaro jamoatchilik oldida turgan eng dolzarb va murakkab vazifalardan biri bo‘lib qolayotganini eslatdi. Shu bilan birga, yuqori martabali mehmon Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston ayni yo‘nalishda o‘ziga xos tajriba to‘plab, bu borada dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylanayotganini alohida qayd etdi. Zero, yurtimizda ushbu muammoni bartaraf qilishga jamiyatning barcha qatlamlari va eng muhimi hukumat tomonidan e’tibor qaratilishiga asoslangan yondashuv muhimligi belgilangan.

Anjuman tafsilotini O‘zAda kuzatib boring!

G‘ayrat Xonnazarov,

Nosirjon Haydarov,

O‘zA