Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
20:13 / 2022-04-05

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz“ markaziy ko‘rgazmalar majmuida “Uzbekistan Industrial exhibitions-2022” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi ko‘magida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Shveysariya kabi 14 davlatdan 100 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashmoqda.

– Mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sanoat salohiyatining faol o‘sib borayotgani sabab qulay investitsiya muhiti yurtimizga ko‘plab xorijiy kompaniyalarni jalb qilmoqda, – deydi “International Expo Group” yetakchi mutaxassisi Sabina Abbosova.

[gallery-6486]

2022 yilgi ko‘rgazmalarning birlashgan ekspozitsiyasida(“Uzbekistan Industrial exhibitions-2022” ya’ni, “UzMetalMashExpo”, “UzTechTransExpo”, “UzMiningExpo”, “UzChemPlastExpo”, “UzSecureExpo”) metallga ishlov berish uskunalari, butlovchi qism hamda mashina asboblari, payvandlash xizmati, yo‘l-qurilish maxsus texnikalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorij va mahalliy kompaniyalarning mahsulotlari namoyish etildi.

Ta’kidlash joiz, mutaxassislar kimyo va plastmassa sanoatida faoliyat yuritayotgan xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan ham yaqindan tanishishdi. Shu o‘rinda, bir qator xorijiy va milliy korxonalar keng assortimentdagi asbob-uskunalarni, xususan, sanoat ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun texnik vositalar, ogohlantirish tizimlari, kompleks xavfsizlikni ta’minlash uchun moslamalar, audio va video kuzatuv qurilmalarini ham taqdim etdilar. – Ishonchim komilki, ushbu nufuzli xalqaro ko‘rgazma mamlakat iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi va butun xalqaro hamjamiyat uchun ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, kengaytirish uchun ijobiy xizmat qiladi, – deydi mahalliy ishlab chiqarish kopmaniyasi vakili Hasan Hamitov.

“International Expo Group” ko‘rgazma kampaniyasining 2022 yilgi yangi mavsumiy xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 7 aprel kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Ulug‘bek Mahmirzayev, Nosirjon Haydarovda (surat), O‘zA.