Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda xalqaro ekspertlar forumining ikkinchi kuni boshlandi
10:40 / 2025-08-15

Toshkentda “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror rivojlanishning umumiy makoni” VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi (MOEF) o‘z ishini davom ettirmoqda. Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etilgan anjumanning ikkinchi kuni voqealari “Markaziy Osiyoda mintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirishning amaliy jihatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bilan boshlandi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirishga doir amaliy jihatlarga bag‘ishlangan Forum o‘tkazish tashabbusining amaldagi ifodasidir.

SMTI direktorining birinchi o‘rinbosari Akramjon Ne’matov mazkur xalqaro ekspertlar muloqotini ochib berarkan, dunyoda mafkuraviy kurash avjiga chiqqan, xususan turli sivilizatsiya, madaniyat va dinlar to‘qnashuvi kuzatilayotgan bir sharoitda, madaniy-sivilizatsion umumiylikni mustahkamlash vayronkor tashqi ta’sirga qarshi turish hamda mintaqaning madaniy-sivilizatsion o‘ziga xosligi va yagonaligini, ayniqsa ta’lim sohasida va yoshlar orasida saqlab qolishning muhim omili ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, yaqin hamkorlar – Qirg‘izistonning “Geosiyosat va strategiya” ilmiy tadqiqot instituti direktori Kanatbek Aziz, Qozog‘istondagi R.Suleymanov nomli sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Yerkin Baydarov, qo‘shni Tojikistondan kelgan taniqli ekspert Sherali Rizoyon hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar instituti strategik tadqiqotlar markazi xodimi Bekdurdi Amansariyev ham qutlov so‘zi bilan chiqib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Umuman, ishtirokchilar ushbu muloqot mintaqaviy birdamlik tuyg‘usini yanada kuchaytirib, Markaziy Osiyoda “pastdan yuqoriga integratsiya” tamoyili asosidagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini berishini ta’kidladilar.

G‘ayrat Xonnazarov,

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA