English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda «Uzbekiston global tour - 2025» musobaqalarining beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
22:08 / 2025-09-21

FOTOREPORTAJ

“Universal horses stable” ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvlar keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Yetti va undan katta yoshga to‘lgan otlar ishtirokida o‘tgan bellashuvlarda chavandoz Behzod Ro‘zmuhammedov «Akdarius» laqabli otida 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Ubaydullo Fozilxo‘jayev esa «Chopet» laqabli tulporida 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

125 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda Angelina Pastuxovaga teng keladigani topilmadi. Yasmina Seyitniyozova va Miryoqub Ismoilov keyingi o‘rinlar bilan qanoatlandi.

5-6 hamda 7 yoshli otlar o‘rtasida o‘tgan bellashuv (balandlik 115 sm.)da Abdushukur Sobirjonov g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Behzod Ro‘zmuhammedov 2-, Lochin Tohirjonov 3-o‘rinni egalladi.

2011-2015 yillarda tavallud topgan bolalar 110 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda o‘z mahoratini namoyon etdi. Mazkur bellashuvda Sevinch Nazarova tengdoshlaridan ustun ekanligini isbotlab, g‘alaba nashidasini surdi. Asalxon Said-Ahmedova va Yusuf Yo‘ldoshev keyingi o‘rinlarga ravo ko‘rildi. 

[gallery-25390]

105 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Lochin Tohirjonov 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar Alisher Yo‘ldoshev hamda Anna Sigidinaga nasib etdi.

«Uzbekiston global tour – 2025» beshinchi bosqich g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA