Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda universal jang bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidan fotoreportaj
22:25 / 2022-05-29

Toshkentdagi “Universal sport saroyi”da universal jang bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

 Musobaqada Amerika, Germaniya, Turkiya, Belgiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston  va O‘zbekiston kabi 30 dan oshiq davlatlardan tashrif buyurgan 700 nafardan oshiq sportchi o‘z mahoratini namoyish etmoqda. 

Layt yo‘nalishi bo‘yicha Mehribonu Rahimjonova, Madina Abdumalikova, Durdona Xolto‘rayeva, Muhlisa Jamoliddinova, Shahzoda Halimova, Gulnoza Islomova, Doniyorbek Odiljonov, Ozodbek Otayev, Ozodbek Xudoyqulov, A’zamjon Normatov,  Sardorbek Toshkentboyev, Sarvarbek Mirzakarimov kabi sportchilarimiz o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati bahslari ertaga yakun topadi.

[gallery-7331]

Muhammad AMIN (surat) O‘zA