Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda «Toshkent yoshlar forumi-2020» start oldi
12:15 / 2020-12-18

3 kun davom etadigan mazkur katta anjumanning ochilish qismida mamlakatimiz bo‘ylab noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan yoshlar oyligining ahamiyati borasida gapirilib, ommaviy tadbirlar jarayonida tug‘ilgan yangi g‘oyalar boshlandi ijodkorlari alohida e’tirof etildi.

Yoshlar Forumida Toshkent tibbiyot akademiyasining izlanuvchan yoshlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Ular ikki kun davomida tengdoshlari bilan qiziqarli uchrashuv va suhbatlar, yangi formatdagi debatlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi istiqbolli rejalar, Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi, keyingi  

10 yillikda biz guvohi bo‘ladigan innovatsion o‘zgarishlar, «Raqamli Toshkent-2030», «Poytaxtning moliyaviy kelajagi va zamonaviy qiyofasi-2030» kabi ma’ruzalarni tinglab qizg‘in, ochiq muloqotlar ishtirokchisiga aylanadilar.

Matbuot anjumanida, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solsak, ularning arzimasdek ko‘ringan bugungi kichik ishlari, ertaga katta loyihalarga sabab bo‘lishi aytildi. Bugun ularga ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tiborimiz bois, O‘zbekiston yoshlari dunyoga tanilib, elga nafi tegadigan inson bo‘lib shakllanishiga ishonch bildirildi.

Gulchehra MIRZAEVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi