Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda “Toshkent-2023” II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi davom etmoqda
11:58 / 2023-09-13

Mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish, uning an’anaviy va noyob turlarini qo‘llab-quvvatlash va dunyo bo‘ylab targ‘ib etishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2022 yilda qadim Samarqand shahrida ana shu maqsadga xizmat qiluvchi I Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi yuqori saviyada o‘tkazilgan edi. Ushbu nufuzli tadbir davomida xorijlik va yurtimiz amaliy san’at ustalari tomonidan yasalgan betakror haykaltaroshlik ishlari Samarqand shahrining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Mazkur simpozium doirasida o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar, mahorat darslarida xalqimizning insoniyat tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zbek amaliy san’atining yutuqlari targ‘ib etildi. Shu bilan birga, simpozium haykaltaroshlarning o‘zaro muloqoti, tajriba almashinuvi va yangi mahorat qirralarini kashf etishga zamin yaratdi.

[gallery-13558]

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan aholining ekologik bilim va madaniyatini yuksaltirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, Toshkent shahrining arxitektura va landshaft qiyofasini yaxshilash maqsadida navbatdagi – II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkazilmoqda.
 Simpoziumda Toshkent shahridagi ekologik ta’lim maskanlari, turistik ob’ektlar, yashil jamoat parklariga joylashtirish uchun o‘lchami 2 metrdan (postamentsiz) kam bo‘lmagan haykaltaroshlik ishlarini yaratish ko‘zda tutilgan. 

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tayinlagan mutaxassislar tomonidan 30 dan ortiq eskizlar tanlov uchun saralab olindi. Simpoziumda 10 nafar xorijlik, 11 nafar mahalliy professional haykaltarosh ishtirok etmoqda. Ular bir oy davomida ekologiya va iqlim o‘zgarishi, zamonaviy shaharsozlikning atrof-muhitga ta’siri, Orol fojiasi oqibatlariga bag‘ishlangan haykaltaroshlik ishlarini yaratadi.

O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar