English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda “Suzish hamma uchun” seminari o‘tkazilmoqda
18:09 / 2023-02-27

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2022 yil Vengriyada o‘tgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida Butunjahon suzish federatsiyasi bilan kelishuvga erishilgan. Unga muvofiq yurtimizda suv sporti turlarini yanada rivojlantirish, mahalliy hakam va murabbiylar uchun seminarlar o‘tkazish belgilangan edi.

Kuni kecha mazkur hamkorlik kelishuviga muvofiq poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Suzish hamma uchun” nomli seminar o‘z ishini boshladi.  

Xorijlik ekspert Aleksey Akatev ishtirokida olib boriladigan mashg‘ulot ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlabkisi 5 martga qadar davom etadi.  

Shundan so‘ng 6-12 mart kunlari o‘rta darajadagi trenerlarning pedagogik mahorati oshiriladi. Rejaga muvofiq, dastlab tinglovchilarga nazariy ta’lim beriladi. Shundan so‘ng ma’ruzalar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida  

O‘zA