Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda sport tibbiyotiga doir xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
17:18 / 2021-04-23

Milliy olimpiya qo‘mitasida “Tokioga 90 kun” sport tibbiyoti va amaliy tibbiyotda innovatsion texnologiyalar qo‘llanilishi mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan anjuman ochilish marosimida sportdagi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda atletlarimizni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash, bu borada RSTIAMning asosiy vazifalari haqida so‘z bordi. “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari kabi yirik musobaqalarga RSTIAM jamoasi bilan ilm-fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda tayyorlanish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda Mixail Kasatkin (Rossiya), Korkut Ulusan (Turkiya) va Xolger Shmitt (Germaniya) kabi malakali mutaxassislar tomonidan sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish, sportda travmatizm muammolari, sport genetikasi, jarohatlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, reabilitatsiyada lazer, magnit va zarb-to‘lqinli terapiyani qo‘llash kabi mavzularda ma’ruza va amaliy seminarlar o‘tkazildi.

 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA