Poytaxtimizda "Sport tibbiyoti: kecha, bugun, ertaga" deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlab “Sport tibbiyoti: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi, MOQ va RSTIAM, shuningdek, Xalqaro sport tibbiyoti federatsiyasi rahbariyati ishtirokida mazkur tadbirning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ertaga ilmiy amaliy-anjuman o‘z ishini davom ettiradi.
[gallery-25669]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA