Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha reyting turniri o‘tkazildi
To‘qqiz turdan iborat musobaqada yuzdan ziyod shaxmatchi bahslashdi.
To‘qqiz turdan iborat musobaqada yuzdan ziyod shaxmatchi bahslashdi.Baxtiyor Jumayev to‘qqiz partiyaning yettitasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang natija qayd etdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘qqiz imkoniyatdan sakkiz ochko jamg‘argan Muslimbek Abdurahimov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi, Hoshim Ergashev 7,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Qizlar bahsida Yuliya Xegay 6,5 ochko bilan birinchi, Hilola Abdukarimova va Ra’no Abduholiqova 6 ochkodan jamg‘argan holda ikkinchi va uchinchi bo‘ldi.
Shuningdek, faxriylar o‘rtasida Mohir Kashayev, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Samandar Shermuhamedov, 7 va 13 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Alisher Umrzoqov, Ulug‘bek Sultonov, Bahrom Baxrullayev, Umarxon Faxriddinxo‘jayev, Javohir G‘ulomov, Davlat Mahmudjonov va Bobur Boboxo‘jayev eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.