Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi
15:23 / 2025-09-09

Toshkent shahridagi "Paxtakor" va "Yoshlik" qilichbozlik zalida kadetlar yosh toifasidagi qilichbozlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasiga start berildi.

Osiyo kubogida mamlakatimiz qilichbozlaridan tashqari, Gruziya, Belarus, Qirg‘iziston, Iroq, Qozog‘iston, Indoneziya, O‘mon, Yangi Zelandiya, Tojikiston va Makao davlatidan kelgan 207 nafar sportchi bahs olib bormoqda. 13 sentyabr kuniga qadar davom etadigan mazkur kubok bellashuvlari sablya, rapira va shpaga qurollari bo‘yicha o‘tkaziladi. 

Bugun, 9 sentyabr kuni musobaqa dasturiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar rapira bo‘yicha, qizlar esa sablya yo‘nalishida yakkalik bellashuvlarida medallar uchun raqobatlashadi. 

Musobaqa dasturi quyidagicha:

10 sentyabr – qizlar (rapira, shaxsiy), o‘g‘il bolalar (rapira, jamoaviy), qizlar (sablya, jamoaviy).

11 sentyabr – qizlar (rapira, jamoaviy), o‘g‘il bolalar (sablya, shaxsiy), qizlar (shpaga, shaxsiy).

12 sentyabr – o‘g‘il bolalar (shpaga, shaxsiy), qizlar (shpaga, jamoaviy), o‘g‘il bolalar (sablya, jamoaviy).

13 sentyabr – o‘g‘il bolalar (shpaga, jamoaviy). 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA