Ayni paytda Toshkent shahrida Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilantadbirkorlar va 60 dan ortiq O‘zbekiston elchilari ishtirokida tashqi iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘in bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibidan eksport, investitsiya va tashqi bozorlar bilan bog‘liq masalalar o‘rin olgan.
Tadbir doirasida tadbirkorlar tomonidan eksportga yo‘naltirilgan loyihalar va investitsiya takliflari taqdim etilmoqda, xorijiy bozorlarga chiqish shartlari muhokama qilinmoqda.

Yig‘in tashqi iqtisodiy hamkorlikni amaliyot bilan mustahkamlash g‘oyasi asosida tashkil etilgan. Bu mamlakatimiz iqtisodiyotini tashqi bozorlarga integratsiya qilish va milliy biznesning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘lib turibdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur muloqot yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni amaliyotda davom ettirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Muloqotni jonli efir orqali tomosha qilish mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/e2QPJVbF4WU" title="ELCHILAR VA TADBIRKORLAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zA