French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda “Otliq kavaleriya paradi" o‘tkaziladi
14:18 / 2025-08-29

Yurtimizda mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik shodiyonalari keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan joylarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida turli tadbirlar uyushtirilmoqdaki, bu, aholining madaniy hordiq chiqarishiga yetarli shart-sharoit yaratish bilan birga, qalblarda vatanga bo‘lgan mehru-muhabbat oshishiga, dillarga zavq bag‘ishlashi bilan e’tiborga molik voqelik sanaladi.

Ertaga Milliy Gvardiya va tegishli tashkilotlar hamkorligida  poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab tashkil etiladigan an’anaviy “Otliq kavaleriya paradi" bayram sayli ko‘pga manzur bo‘lishi shubhasiz.

Poytaxtimizda Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan kuch tuzilmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar kavaleriya bo‘linmalari, chavandozlik maktablari, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi sportchilari ishtirokida tashkil etiladigan “Otliq kavaleriya paradi” bayram sayllarida ishtirok etadigan jajji farzandlarimizga, ularning ota-onalariga, ko‘plab mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishi bilan ahamiyatlidir.

T. Ro‘ziyev, O‘zA