Poytaxtimizda mudofaa bo‘limining yangi ma’muriy binosi ish boshladi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari vakillari hamda mahalla faollari qatnashdi.
Mazkur bino 0,20 gektar maydonni egallagan bo‘lib, uning tarkibiga zamonaviy ma’muriy bino, 24 ta xizmat xonasi, alohida chaqiruv punkti hamda maxsus transportni saqlash uchun garaj binosidan iborat.


Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaratilgan shart-sharoitlar chaqiriluvchilar, zaxiradagi harbiy xizmatchilar va yoshlar bilan ishlash sifatini sezilarli darajada oshirish, shuningdek, mudofaa va safarbarlik tayyorgarligi sohasidagi faoliyatni yanada samaraliroq tashkil etish imkonini beradi.



Yangi binoning foydalanishga topshirilishi tuman miqyosida mudofaa tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA