Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi quriladi
16:48 / 2022-09-05

Bu haqda Prezident qarori loyihasida qayd etilgan.

Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun Toshkent shahridan 2 gektar yer maydoni ajratiladi. 
 
Shuningdek, Moliya vazirligi 2023 yil 1 fevralga qadar sozgarlar shaharchasini barpo etish, jumladan, milliy cholg‘ular muzeyi, «Hunarmand» uyushmasi sub’ektlari (a’zolari) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta usta-hunarmandlarning har biriga alohida milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan bino inshootlarni, xususan, musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish sexlari, quritish xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotish uchun do‘konlar, bundan tashqari «Hunarmand» uyushmasi sub’ektlari (a’zolari) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlar uchun yashash xonadonlarini qurish, jihozlash hamda sozgarlar shaharchasi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida respublika byudjetidan Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga 65 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlaydi. 

Bunda, Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun ajratiladigan mablag‘lar buyurtmachiga belgilangan tartibda o‘tkazib beriladi. 

Qayd etilishicha, ushbu hujjatdan ko‘zlangan maqsad sozgarlar shaharchasida yaratilgan ilmiy ixtirolarni amaliyotda qo‘llash va ijrochilar orasida ommalashtirish ishlarini targ‘ibot qilish, xalq musiqa madaniyatining har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, sozgarlar shaharchasida milliy cholg‘ular muzeyini tashkil etish va yurtimiz aholisi hamda chet ellik mehmonlarni jalb qilish ishlarini amalga oshirishdan iborat. 

Shuningdek, milliy musiqa cholg‘ulari yasash bo‘yicha sozgarlik san’ati maktabini rivojlantirish va takomillashtirish, milliy musiqa cholg‘ulari yasovchi usta-hunarmandlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish va shu yo‘nalishdagi ustalarning yangi avlodini tarbiyalash ko‘zlanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari, ijodiy jamoalar ehtiyojlariga ko‘ra ularni yuqori sifatli musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi hamda milliy cholg‘ular ishlab chiqaruvchi sozgar usta-hunarmandlar ishtirokida har chorakda bir martadan kooperatsion savdolarni tashkil qilishga ko‘maklashish belgilangan. 

 

D.Mamatova,
O‘zA