Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda mamlakat chempionati bahslari boshlandi
18:50 / 2025-03-10

Toshkentdagi «Paxtakor» qilichbozlik sport majmuida 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.

Mamlakatimiz miqyosidagi yirik musobaqaning ilk kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 90 nafarga yaqin sportchi qilichbozlikning shpaga yo‘nalishidagi yakkalik bahsida chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

Shpaga yo‘nalishidagi bahslar jamoaviy bahslar bilan nihoyasiga yetadi. Undan so‘ng, sportchilar rapira hamda sablya yo‘nalishida ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘radilar. Barcha yo‘nalishdagi bellashuvlar yakkalik va jamoaviy yo‘nalishda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari 15 mart kuni ma’lum bo‘ladi.

[gallery-22179]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA