Aholi salomatligini asrash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda xususiy davolash muassasalarining o‘rni tobora ortib bormoqda.
bugungi kunda mamlakatimizda nodavlat shifo maskanlari soni 8 mingtadan oshdi. Bu 2016 yil bilan taqqoslanganda ikki yarim barobarga ko‘payganini anglatadi.
Mamlakatimizda 2017 yil xususiy tibbiyot shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy yo‘nalishlarga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi. Natijada ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy yo‘nalishlar soni 50 tadan 129 taga ko‘paydi.
[gallery-11056]
Yaqinda xususiy tibbiyot muassasalari qatoriga poytaxtimizda bunyod etilgan “M-Clinik” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ham qo‘shiladi.
Yaqin oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan tibbiyot markazi loyihasiga 2017 yil start berilgan. Buning uchun 202 million dollar xorijiy investitsiya mablag‘i jalb etildi. Muassasa uchun ajratilgan 8 gektardan ortiq hududda beshta davolash blogi qurildi. Natijada 147 ta statsionar o‘rin, 1 ming 400 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika tashkil etilgan.
Markaz hududida bemorlar bilan hamroh bo‘lib kelganlar uchun 120 o‘rinli mehmonxona ham tashkil qilindi.
Ikrom Avvalboyev, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA