Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda koreys xalqining milliy bayrami – Chxusok nishonlandi
18:27 / 2022-09-19

Ma’lumki, joriy yil O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va anglashuv tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik darajasigacha ko‘tarildi.

O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasi ikki davlatni bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prikdir, an’analar va mentalitetlar o‘xshashligi esa, qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi. O‘zbekiston koreyslarining an’anaviy Sollal, Tano, Chxusok bayramlari bilan birga Mustaqillik kuni, Navro‘z va boshqa umumdavlat bayramlarini ham nishonlab keladi.

Poytaxtimizdagi Koreys madaniyati va san’ati uyida koreys xalqining milliy bayrami Chxusok – kuz bayramining nishonlanishi bu boradagi ishlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, turli davlat va jamoat tashkiloti vakillari, diplomatlar, poytaxtimiz ahli, yurtimizda faoliyat yurituvchi milliy madaniy markaz faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev bugungi kunda yurtimizda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Bag‘rikenglik va turli xalqlarning an’ana va qadriyatlariga hurmat tamoyillari asrlar davomida hayotga tatbiq etilgan jonli namunasi ekanligi e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida sheriklarga umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini taqdim etganligiga e’tiborni qaratdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi farmoniga muvofiq ta’sis etilgan oliy darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni tadbirda O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari assotsiatsiyasi raisi Viktor Pakka topshirildi. Shuningdek Assotsiatsiya faoli, taniqli qo‘shiqchi Magdalina Kim “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va anglashuv tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik darajasigacha ko‘tarilganini qayd etdi. Martabali mehmon O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Jumladan, u O‘zbekistonda yashovchi koreys diasporasi bilan birgalikda milliy bayramlarni nishonlayotganidan mamnun ekanini e’tirof etdi.

Qayd etish joiz, har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan ushbu tantana, Chxusok – «Kuz oqshomi» degan ma’noni anglatadi. U odatda oy taqvimi bo‘yicha sakkizinchi oyning 15 kunidan boshlab uch kun davomida nishonlanadi. Bu sana kuzgi yig‘im-terim paytiga to‘g‘ri keladi. Shu kunlari dasturxon atrofiga uzoq-yaqindagi qarindoshlar, oila a’zolari, tanish-bilishlar to‘planadi. Qo‘shiqlar, raqslar ijro etiladi.

Bayram tantanasi O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan konsert dasturiga ulandi. Uning doirasida koreys milliy liboslari namoyishi, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy taomlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda iliq taassurot uyg‘otdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasining tashkil topganiga ham bu yil 30 yil to‘ldi. Uning faoliyati koreys diasporasi vakillarini birlashtirish, ularning milliy madaniyati, tili va an’analari bilan tanishtirish, koreys diasporasi vakillari va boshqa fuqarolarning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilishga qaratilgan.

Shuningdek, fuqarolarning faolligi, ularning davlat va jamiyat ishlari boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, do‘stlik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash va milliy madaniyatlarni o‘zaro boyitishga ko‘maklashish ham ko‘zda tutilgan. Tadbir davomida tinchlik, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘zA