Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha xalqaro musobaqalarga start berildi
12:59 / 2025-04-19

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi  “Universal horses stable” ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Jahon kubogi saralash bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish bo‘yicha “CDI-1* FIE Dressage World Challenge” turnirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan ochilish marosimida Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati hamda qator faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar mamlakatimizda ot sportining barcha yo‘nalishlari bosqichma-bosqich rivojlanayotgani, sportchilarimiz xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishayotganini alohida ta’kidladilar.

Musobaqaning ilk kunida Javad Nizam (Suriya, 100 sm.), A’zam Toliboyev (O‘zbekiston, 120 sm.), Behzod Qurbonov (O‘zbekiston, 140 sm.)lar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

[gallery-22901]

Chavandozlar bahsi 28 aprelga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA fotomuxbiri