English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda “I-Pakistan Expo Tashkent” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi
13:41 / 2025-12-10

Joriy yilning 5-9 dekabr kunlari Toshkent shahrida Pokiston mahsulotlari namoyishiga bag‘ishlangan “I-Pakistan Expo Tashkent” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Pokistonning turli kompaniyalari charm mahsulotlari, kosmetika, marmar va hunarmandchilik buyumlari, milliy liboslar, oziq-ovqat hamda shifobaxsh o‘simliklardan iborat mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Pokiston mahsulotlari 25 yildan keyin ilk bor O‘zbekistonda keng namoyish etilmoqda.

[gallery-26653]

Ishtirokchilar o‘zbekistonlik iste’molchilarning Pokiston mahsulotlariga munosabati ijobiy bo‘lganini qayd etdi. Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar orasida kosmetika va maishiy mahsulotlar alohida ajralib turdi.

Tadbir qatnashchilari Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda savdo aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidlab, bunday ko‘rgazmalarni muntazam tashkil etish tashabbusini ilgari surishdi.

D.Hakimov,

A.Alijonov (surat),

O‘zA