Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda DXA Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi
15:37 / 2021-10-10

«O‘zimiz keldik» loyihasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bo‘lib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsad qilingan. Respublikamizning barcha tuman (shahar)lari dehqon bozorlari hamda savdo majmualarida davlat xizmatlari, jumladan, FHDYO sohasiga oid xizmatlar sayyor tartibda taqdim etilmoqda.

Kuni kecha xabar berganimizdek, Sayyor qabullarda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan birga, sohaga oid bepul huquqiy maslahatlar ham berildi hamda saylov qonunchiligi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazildi.

Bugun DXA Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi dehqon va buyum bozorlari, savdo majmualaridagi tadbirlarda hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 100 dan ortiq sayyor xizmat ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir soat 15:00ga qadar davom etadi. Kelgusi yakshanba 17 oktyabr kuni ham bozorlarda loyiha davom etadi.

Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati