Poytaxtimizda buxorolik hunarmandlarning ijod namunalari namoyish etildi
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Buxoro hunarmandchiligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada kulolchilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, kashtachilik va gilam to‘qish sohalaridagi yetakchi ustalarning eng sara asarlari namoyish etildi.
Jumladan, ko‘rgazmadan yetuk ustalar Ahmad Arabov, Abdullo Narzullayev, Davlat Toshev, Sharifa Halimova, Akmal Muhiddinov va boshqa ko‘plab mashhur ijodkorlar tomonidan yaratilgan milliy merosimizning jonli timsoli o‘rin oldi.
[gallery-26840]
Mehmonlar Buxoro ustalarining nafis asarlari – oltin kashta bilan bezatilgan matolar, rang-barang kulolchilik buyumlari, nozik yog‘och o‘ymakorligi, mis idishlar, an’anaviy kashta va gilamlarni yaqindan tomosha qildi.
Gulnoza Boboyeva,
Oybek Pardayev (surat), O‘zA