bugungi kunda xizmatlar sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilyapti. Chunki xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi – milliy daromadlarning oshishini hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.
Bu borada poytaxtimizda 2022 yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 trillion 182,8 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,6 foizni tashkil etdi. Uning nominal hajmi 2 trillion 281,7 milliard so‘mga oshdi.
Bozor xizmatlarining salmoqli hajmi savdo, yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlarda ko‘rsatilmoqda. Jumladan, joriy yil yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajimda savdo xizmatlarining ulushi 15 foizni tashkil etdi. Bu esa 2 trillion 95,5 milliard so‘mga to‘g‘ri keldi.
Aytish lozimki, 2021 yil yanvar oyida ularning hajmi 1 trillion 650,4 milliard so‘mga yoki umumiy hajmining 3,4 foiziga to‘g‘ri kelgan.
2022 yil yanvar oyida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajimda oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 84,1 foiz bilan ustunlik qildi.
O‘zA