Poytaxtimizda bir yarim asrlik obida qayta tiklanmoqda
8 noyabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidini Madaniy meros agentligi mutasaddilari, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, masjidining mas’ul vakillari ishtirokida obektni restavratsiya hamda ta’mirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. “Baland” masjidi 1857 yilda qurilgan bo‘lib, hozirda obekt davlat mulki hisoblanadi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 2023 yilning 6-8 aprelida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasi ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda ma’qullangan edi.

Binoning tarixiy qismiga shikast yetkazmagan holda, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Sardor Poyonov
O‘zA