Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda "Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi davom etmoqda
17:18 / 2023-09-25

Chilonzor tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mahalla yoshlari o‘rtasidagi loyihalarda respublika bo‘yicha 4 million 399 ming 40 nafar, maktab o‘quvchi-yoshlari o‘rtasidagi loyihalarda qatnashish uchun esa 1 million 657 ming 989 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, Uchtepa tumani O‘rikzor va Zarafshon mahallalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ko‘chalararo mahalla bosqichi va sinflararo maktab bosqichlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sarhisobga ko‘ra, ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rin egallagan yoshlarimiz medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mahallalararo sektor bosqichi 25 sentyabrdan 5 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA