Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda «Al-Beruniy» III xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda
18:46 / 2026-02-16

FOTOREPORTAJ

Toshkentda mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSh dollari bo‘lgan «Al-Beruniy» III xalqaro shaxmat turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqa to‘rt guruh – «Masters», «Challengers», «Futures» va «Open»da – tashkil etilgan. Turnir yakunida g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: «Masters» – 9 ming, «Challengers» – 5 ming, «Futures» – 3 ming va «Open» – 2 ming AQSh dollari.

[gallery-27693]

Uchinchi turdan so‘ng «Masters» guruhida Aram Hakopyan, Shant Sargsyan, Aleksandr Donchenko va Shamsiddin Vohidov mag‘lubiyatsiz ishtirok etmoqda; har biri 3 ta imkoniyatdan 2 ochko to‘plagan. «Challengers» guruhida Aditya Mittal 2,5 ochko bilan peshqadam bo‘lmoqda. «Futures» guruhida Umida Omonova, Artur Davtyan va Aldi­yar Ansat 2 ochkodan jamg‘argan. «Open» guruhida esa 17 nafar shaxmatchi 3 ochko bilan oldinda turibdi.

Xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari 21-fevralda ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA