French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda 66 nafar bemor tuzaldi, 80 yoshli otaxon ham bor
13:06 / 2020-06-09

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida bir yoʻla 66 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.


Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida bir yoʻla 66 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning yoshi kattasi 80 yoshli otaxon boʻlsa, yoshi kichigi 2019-yil tugʻilgan.

Shunday qilib Toshkent shahrida sogʻayganlar 1469 nafar boʻlsa, endilikda ular 1535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami sogʻayganlar 3423 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.